Tadbirlar
"Yosh saylovchi 2019" mavzusidagi Respublika o‘quv seminarida faol ishtirok etdilar

Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quvchilari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan "Yosh saylovchi 2019" mavzusidagi Respublika o‘quv seminarida faol ishtirok etib, sertifikat va estaliq sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kollej o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazishdi
Samarqand viloyati yuridik kolleji Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlarini o‘tkazish boshlandi. Jami 27 ta guruhdan 6 nafardan jami 162 nafar bilimdonlar bosh sovrin uchun kurash olib boradilar. Final o‘yinlari 29 oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kollejda "Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim !" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Samarqand viloyati yuridik kolleji "Til o‘rgatish" kafedrasi tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan "Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim !" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Samarqand viloyati yuridik kollejida seminar-trening o‘tkazildi.
Samarqand viloyati yuridik kollejida o‘qituvchilarni ijodiy qobiliyatlarini oshirish, kasbiy mahoratini yanada kengaytirish hamda ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni qo‘llash usullariga oid seminar-trening o‘tkazildi. Treningni Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari olib bordi.
18 oktyabr Samarqand shahri kuni
Samarqand shahri kuni munosabati bilan Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quvchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari hamda muzeylariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilarga kollej "Tarix" fani o‘qituvchilari tomonidan Samarqand shahri tarixi keng tushuntirildi.