Tadbirlar


O‘quvchi hamda o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan

17-10-2019

Samarqand viloyati yuridik kollejida o‘quvchi hamda o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, "Yosh notariuslar" fan to‘garagi (N.To‘layev) doirasida o‘quvchilar Samarqand shahridagi notarius idoralariga tashrif buyurdi. "Ingiliz tili" fan to‘garagi doirasida (I.Ochilova) o‘qituvchi-xodimlar uchun mashg‘ulotlar olib borildi.

 

KOLLEJIDA ISHINI YURITISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

23-09-2019

Samarqand viloyati yuridik kollejida ijro ishini yuritish hamda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘qituvchi-pedagoglar uchun seminar-trening o‘tkazildi.

 

Samarqand yuridik kollejida “Kitobxonlik” aksiyasi o‘tkazildi

20-09-2019

Samarqand yuridik kollejida “Kitobxonlik” aksiyasi o‘tkazildi

 

Samarqand viloyati yuridik kollejida "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan mustaqillik darslari hamda bilimlar kuni keng nishonlandi

04-09-2019

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Samarqand viloyati yuridik kollejida bugun 2019 yil 4 sentyabr kuni o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarni munosib tabriklash, ularga yurtimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yetkazish, shukronalik tuyg‘usini shakllantirish hamda jonajon yurtimizning kelajagi yo‘lida xizmat qilish  eng oliy saodat ekanligini yetkazish  maqsadida yuridik kollej xodimlari hamda o‘quvchilari ishtirokida faollar zalida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” shiori ostida Mustaqillik darslari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarning ota-onalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, davlat boshqaruvi organlari, mahaliy hokimiyat organlari rahbarlari hamda ko‘p yillar huquqshunoslik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan faxriylar taklif etildi va ishtirok etishdi. Tadbirda Samarqand viloyat prokuraturasi faxriylar kengashi raisi Tugal Radjabov, viloyat sudlar departamenti rahbari Orif Elmurodov, Respublika yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Oygul Mamatova, ota-onalar kengashidan 2019/2020 o‘quv yili uchun 1-kursga o‘qishga tavsiya etilgan o‘quvchi Nuriddinova Kumushbibining onasi Mutabar Davirovalar tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar. Shuningdek, o‘quvchilarga oldingi o‘quv yillarda ta'lim muassasasida e'lon qilingan tanlovlar hamda ularning g‘oliblari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi va 3-kursda ta'lim olayotgan o‘quv va sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun bir qator o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda konsert dasturi (yoshlar madhiyasi) o‘tkazildi.

 

Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘qituvchilariga uslubiy-seminarlar o‘tkazildi

29-08-2019

Samarqand viloyati yuridik kollejida 2019/2020 o‘quv yili uchun o‘qituvchi-pedagog xodimlar malakasini oshirish hamda o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalarini joriy etish maqsadida o‘quv-seminarlari boshlandi. Seminarlarda oliy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari keng jalb qilindi.

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг