Tadbirlar
SAMARQAND VILOYATI YURIDIK KOLLEJI O‘QUVCHILARI PAXTACHI TUMANIDA O‘TKAZILGAN “ADLIYA SAYLI”DA ISHTIROK ETDI
2019 yil 28 may kuni Paxtachi tumanida viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman hokimligi hamkorligida aholida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada oshirish maqsadida “Huquqiy axborot kuni” Adliya sayli o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyat yuridik kolleji faol o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Jumladan, huquqiy savodxonlikni yanada oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida kollejning “Bilimdon”, “Adolat”, “Taraqqiyot” hamda tuman faol yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda aholini huquqiy savodxonligini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalarda kollej o‘quvchilari faol ishtirok etdi
OTA-ONALAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
SAMARQAND VILOYATI YURIDIK KOLLEJI
3-BOSQICH, 304-GURUH OTA-ONALAR KENGASHI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
FUQAROLIK PROSESSUAL HUQUQI FANIDAN OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati yuridik kollejida xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi haftaligi doirasida 209 guruhda "Fuqarolik protsessual huquqi" fanidan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi
FAOL O‘QUVCHILAR TAQDIRLANDI
Samarqand viloyati yuridik kollejida 2019 yilda kollejda o‘tkazilgan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtiroki uchun bir guruh o‘quvchilarga kollej ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alari topshirildi
KOLLEJDA SPORTNING MINI FUTBOL TURI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI
2019 yil 6-26 mart kunlari Navruz umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand viloyat yuridik kollejida sportning mini futbol turi bo‘yicha ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Ushbu musobaqada kollejning 202 guruh o‘quvchilari 1-o‘rinni,212 guruh o‘quvchilari 2-o‘rinni va 213 guruh o‘quvchilari 3-o‘rinni egalladilar