Tadbirlar


OITS - UMR ZAVOLI

02-12-2021

Samarqand  viloyat yuridik texnikumning 1-2 bosqich o‘quvchilari hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JQB xodimlari ishtirokida yuqorida ko‘rsatilgan mavzuda uchrashuv o‘tkazildi.

         Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV katta tezkor vakili podpolkovnik F. Azgartov, R. Esnov, Respublika OITS markazi mutaxasisi Ya.Ravshanov hamda Samarqand  viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshqarmasi xodimlari va viloyat OITS markazi mutaxassislari  ishtirok etdi. Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasini aniqlash, yuqish sabablari, profilaktikasi va davolash usullari haqida ma'lumotlar berildi.

Texnikum psixologi  N. Ismoilova.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 

BESh TASHABBUS AMALDA !

01-12-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov 3 shartda o‘quvchilarning kitobxonlik bilim darajalariga ko‘ra baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin: 201-guruh o‘quvchisi Fayzullayeva Mushtariy;

2-o‘rin: 204-guruh o‘quvchisi Shonazarov Dilmurod;

3-o‘rin: 205-guruh o‘quvchisi Qarshiboyeva Rayxon.

G‘oliblar yuridik texnikum rahbariyatining diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi!

Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram

 

Samarqand viloyati prokuraturasida yuridik texnikum bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

26-11-2021

  “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini viloyat prokurori o‘rinbosari Baxritdinov Muxiddin Nuriddinovich olib borib, o‘quvchilarni viloyat prokuraturasida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi. Jumladan, o‘quvchilarga prokuraturaning majlislar zali, kiriminalistika transport mashinasi va jihozlari, prokuratura muzeyi, sport zal, tergov xonalari, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan ishlash bo‘limi hamda fuqarolar qabul xonalari tanishtirildi. Tadbir so‘ngida prokuratura xodimlari hamda o‘quvchilar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi hamda yuridik texnikum o‘quvchisi, “Adliya vaziri stipendiyasi” sohibi Ochilov Zarrux ota-onasiga minnatdorchilik bildirish maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurildi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 

Erta turmush, erta tug‘ruq hamda xotin-qizlar zo‘ravonligi, tajovuziga qarshi kurashish davr talabi

24-11-2021

      Samarqand viloyati yuridik texnikumida yuqorida ko‘rsatilgan dolzarb mavzuda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining bir qator xodimlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Zohidova Sanoat, “Sattepo” va “Yangi qo‘rg‘on” MFY raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari Maxmudova Gulchexra, O‘roqova Nigora, katta inspektor, mayyor Vafoqulov Akmallar ishtirok etdi. Tadbirda yuridik texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram 

 

“Tanishtiruv soati” tashkil etildi

24-11-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2021/2022 o‘quv yili 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida “Tanishtiruv soati” tashkil etildi.

Yuridik texnikumning 1-kurs oʻquvchilari hamda yuridik texnikum rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum direktori Toshniyozov Otabek, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xayrullo Mamatov, direkrorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Otaqulov, fakultet dekani Dilmurod Usmonov, yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Feruz Sodiqovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yuridik texnikum rahbariyati tomonidan texnikumning imkoniyatlari, shart-sharoitlari, ichki tartib qoidalar, kafedralar, dars jarayonlari, ta'lim sharoitlari haqida tushunchalar berildi.

Bizni kuzatib boring @smslofficial 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг