Tadbirlar


10 DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN

10-12-2021

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov so‘zi,

O‘zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘gg‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Ushbu Qonunning 2-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir», deb belgilab qo‘yilgan.

Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi bu  tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

Samarqand vilayat yuridik texnikumi o‘quvchilari...

Bizni kuizatib boring: telegram | facebook | instagram

 

“Nazariya va amaliyot uyg‘unligi-muvaffaqiyat omili”

09-12-2021

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi hamda Samarqand viloyati yuridik texnikumi kouchinglar faoliyati bo‘yicha doimiy hamkorlikni amalga oshirmoqda. Shu maqsadda viloyat sudida “Konstitusiya va odil sudlov” mavzusida yangi formatda “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi. Tadbirni viloyat sudi sudyalari Bahodir Aliqulov, Hulkar Keldiyorova, Bekzod Jumaboyev va boshqa sud xodimlari olib bordi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, viloyat sudi sudyalarining bevosita ish faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shunigdek, o‘quvchilar tadbir jarayonida appelyatsiya instantsiyasida ko‘rilayotgan ochiq sud majlislarida ishtirok etishdi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 

"Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon" insholar tanlovi !

07-12-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumida 7-dekabr kuni "Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami" munosabati bilan, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida texnikum o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar 9-dekabr bayram tadbirida texnikum tomonidan taqdirlanadi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 

Konstitutsiya targ‘iboti

04-12-2021

Samarqand Davlat Universitetida Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- ravnaqimiz qomusi" va "Koppupsiya taraqqiyot dushmani" mavzularida  anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahar 3-con IIB profilaktika inspektori katta leytenant D. Miliyev, SamDu korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i R. Abriyev, Samarqand viloyati yuridik texnikum maxsus fan o‘qituvchisi Axatova Nilufar, texnikum monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig‘i G.Mamanazarovalar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiya-ravnaqimiz qomusi, Koppupsiya taraqqiyot dushmani mavzularida savol-javoblar o‘tkazildi. Texnikum maxsus fan o‘qituvchisi N. Axatova va  201-guruh o‘quvchisi Baxromova Laylo  tomonidan "Konstitutsiya-ravnaqimiz qomusi", Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar haqida ma'ruzalar  o‘qildi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 

Konstitutsiya bayrami munosabati bilan navbatdagi tadbir

03-12-2021

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi , O‘zbekiston Milliy Universiteti, Yoshlar ishlar agentligi  hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tlazildi. Anjumanda Samarqand viloyati  yuridik texnikumi “Ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Yo‘ldosh Ergashev hamda o‘quv-metodik bo‘limi uslubchisi Shodyor Namozov “Konstitusiyani o‘qitishning alohida metodikalari” mavzusida hamda O‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i, TDYU magistranti Umid Mahmudov  “Konstitusiya – diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta'minlovchi omil” mavzusida o‘z maqolalari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг