Tadbirlar
Qishki ta'til seminar-treninglari davom etmoqda

Samarqand viloyati yuridik texnikumida guruh o‘quv mashg‘ulot jurnallarini yuritish hamda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari bajarilishi to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda texnikum dekani D. Usmanov va Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent M. Qo‘ldoshev o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
ADLIYASI VAZIRLIGI TASHKIL ETILGANINING 30 YILLIGI

Ruslanbek Davletov Mustaqil O‘zbekiston Adliyasi tashkil etilganining 30 yilligi bilan tizim xodimlarini qutladi!
Samarqand viloyati yuridik texnikumida yangi yil shukuhi...

Mazkur bayram jajji yuraklar uchun ajoyib shodiyona. Shu munosabat bilan bugun texnikumda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning dilbandlari uchun "Qorbobo sovg‘asi" ulashildi.
Tadbir davomida rahbariyat tomonidan har bir xodimga bildirilgan alohida ta'rif va samimiy tilaklar ko‘ngillarni xushnud etdi.
Yangi yilda yangi baxt va yangi omadlar doimo hamrohingiz bo‘lsin aziz hamkasblar!
«Hayot go‘zal. Men hayotdan zavqlanaman !»

Samarqand viloyat yuridik texnikumida texnikum psixologi Nafisa Ismoilova tashabbusi bilan «Hayot go‘zal. Men hayotdan zavqlanaman!» mavzusida aksiya o‘tkazildi. Aksiyani o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarda stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning go‘zalligini anglash, shukronalik tuyg‘ularini kamol toptirish, suitsidal holatlarga qarshi tarbiyalash bo‘lib, bunda texnikumning o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Qoplonlar maktabi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.
1-BOSQICH O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA "IDROK" INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI!

Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli va ilmga chanqoq, fidoyi talabalar oʻrtasida bilim olishga boʻlgan intilishni yanada shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini ragʻbatlantirish dolzarb vazifalardan biridir.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyati yuridik texnikumida texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan "IDROK" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Unda texnikumning 1-bosqich o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalari qizg‘in va muzokaralarga boy tarzda o‘zaro kuch sinashdilar.
Xolis va samimiy ruhda o‘tkazilgan mazkur bellashuv yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin-105-guruh (Yosh yuristlat);
2-o‘rin-104-guruh (Prokurorlar);
3-o‘rin-102-guruh (Adolat).
Mazkur jamoalarning kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.