Tadbirlar
Jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi
Samarqand viloyati yuridik texnikumida hududdagi mahalla aholisining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi.
Unga ko‘ra sportning yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” turlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Sartepo” hamda Yangiqo‘rg‘on MFY sportchi-yoshlari hamda aholisiga haftaning shanba kuni yuridik texnikum sport maydonchalari hamda sport zali ochib beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, memorandum doirasida mahallas aholisi uchun “Sport-sog‘lik garovi” aksiyasini ham tashkil etish rejalashtirildi.
MATBUOT ANJUMANI TAFSILOTLARI TO‘G‘RISIDA
Samarqand viloyati “Matbuot uyi”da jurnalistlar va bloggerlar ishtirokida "Samarqand viloyati yuridik texnikumi faoliyati va undagi imtiyozlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Dastlab, anjumanda yuridik texnikum direktori Otabek Toshniyozov texnikum faoliyati hamda yuridik ta'lim sohasidagi islohotlar haqida axborot berdi.
Shundan so'ng anjumanning savol-javob qismiga o'tilib, texnikum ma'muriyati tomonidan Samarqand shahar xokimligi matbuot xizmati, “Zarafshon” gazetasi, daryo.uz, stv.uz saytlari, “Samarkandkiy vestnik” hamda "Ovozi Samarqand" gazetalari maxsus muxbirlari kabi bir qator ishtirokchilar va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.
Anjuman so‘ngida bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazilib borilishi hamda texnikum va jurnalistlar o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“ON-LINE TABRIK” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi yakunlandi
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilarining qishki ta'tilini mazmunli o‘tkazish maqsadida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “ON-LINE TABRIK” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi video-tabrik” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha belgilandi:
- 1-o‘rin: 1-bosqich, 104-guruh o‘quvchisi Oydinova Sitora;
- 2-o‘rin: 2-bosqich, 205-guruh o‘quvchisi Jo‘rayeva Yashnargul;
- 3-o‘rin: 2-bosqich, 203-guruh o‘quvchisi O‘ktamov Ravshanbek;
- 3-o‘rin: 1-bosqich, 103-guruh o‘quvchisi Eshmamatov Umidjon.
G‘oliblarni samimiy muborakbod etgan holda ular uchun ajratilgan sovg‘alar hamda diplomlar ta'lim jarayoni boshlangan kuni tantanali taqdim etilishi rejalashtirilganligi ma'lum qilinadi.
USAID seminar-treningi davom etmoqda !
2022-yil 14-15 yanvar kunlari USAID jamoasi Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Gender tengligining asoslari va ta'limda gender yondashuvini qo‘llash” mavzusida yuridik texnikum o‘qituvchi-xodimlari uchun trening o‘tkazilishi rejalashtirildi. Treningda yuridik texnikumning jami 25 nafar xodimlari ishtirok etib, gender tengligi masalalari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, fanlarni o‘qitishda gender yondashuvini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalarinioshirish hamda tashkilotning maxsus sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qishki ta'til seminar-treninglari davom etmoqda
Samarqand viloyati yuridik texnikumida guruh o‘quv mashg‘ulot jurnallarini yuritish hamda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar ro‘yxati va ularning minimal soatlari bajarilishi to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda texnikum dekani D. Usmanov va Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent M. Qo‘ldoshev o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.