Tadbirlar
Nazariya amaliyot uyg‘unligi. Sudyalar ishtirokida o‘tkazilgan "Maxorat dars"lari tavsilotlari to‘g‘risida

Samarqand viloyati yuridik texnikumida Samarqand viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati sudyalari Tavbayev Shavkat va Parmonov Jasurlar ishtirokida “Kredit va qarz shartnomalar”, “Bank xizmati shartnomalari” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil qilindi.
Unda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, fuqarolar o‘rtasida qarz va kredit munosabatlarining vujudga kelish asoslari, ular bilan bog‘liq amaliyotda uchrab turadigan muammoli masalalar va ularning sud organlari tomonidan huquqiy yechimi masalalari haqida fikr-mulohazalar yuritildi.
Yuridik texnikumda "ZAKOVAT" klubi o‘z faoliyati boshladi !

Bugungi kunda yurtimizda iqtidorli va ilmga chanqoq, fidoyi talabalar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada shakllantirish, yoshlarda intellektual fikrlash xususiyatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shu qatori Samarqand viloyati yuridik texnikumida ham "Zakovat" intellektual o‘yini klubi tashkil etildi.
Unda texnikumning barcha bosqichdagi 11 ta guruh o‘quvchilar jamoasi har hafta o‘zaro kuch sinashadi.
Xolis va samimiy ruhda o‘tkazilgan dastlabki bellashuv yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin-204-guruh (Adresat) ;
2-o‘rin-102-guruh (Adolat) ;
3-o‘rin-105-guruh (Yosh yuristlar).
Mazkur jamoalarning kelgusidagi musobaqalarda ham zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
“Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning dastlabki bosqichi tashkil etildi

Samarqand viloyati yuridik texnikumining "Eng yaxshi o‘qituvchisi" aniqlandi. Viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tarkibida tuzilgan hududiy komissiya ta'lim muassasasi o‘qituvchilari 2021-2022 o‘quv yilida amalga oshirgan ishlari, ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, qonunchilik hujjatlarining mohiyatini bilishi, soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bergan takliflari va jamoat ishlaridagi faolligini o‘rganib,o‘z xulosalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra:
1-o‘rinni G‘ulomov Akmal;
2-o‘rinni Qo‘ldoshev Muahammad;
3-o‘rinni Mirzayeva Maxliyoga nasib etdi.
"Yosh ayol qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning tashkiliy huquqiy-ilmiy jihatlari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xotin qizlar huquqlari bo‘yicha "dolzarb ikki oy" dasturi doirasida "Yosh ayol qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning tashkiliy huquqiy-ilmiy jihatlari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quv metodik bo‘limi, ommaviy-huquqiy kafedrasi o‘qituvchisi Ergashev Yuldosh hamda texnikumning o‘quvchi-qizlari ham faol ishtirok etdi.
Samarqand viloyati Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Ikki buyuk shoir ikki musofir...
Ikki buyuk shoir, ikki musofir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o‘ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur...
A. Navoiy tavalludining 581 yilligi, Z.M.Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i G. Mamanazarova tomonidan Samarqand viloyati Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida A. Navoiyning o‘zbek tiliga qo‘shgan hissasi, asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Z.M.Bobur hayotining suronli yillari, asarlari, davlat boshqaruvidagi faoliyati haqida fikr almashildi.