Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun tashkil etilgan press-tur professional ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlashga qaratildi.

15-03-2022

Tadbir avvalida, press-tur ishtirokchilari Byuroning Samarqand shahar bo‘limi faoliyati, boshqarmaning surishtiruv va ma'muriy amaliyot, axborot ta'minoti va qidiruv, murojaatlar bilan ishlash sho‘balari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Davlat ijrochilari tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiyalari imkoniyatlaridan foydalanilgan holda kelayotgan ariza va shikoyatlarni qabul qilish jarayonlari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng boshqarma majlislar zalida MIB boshqarmasi tarkibiy tarmoqlar rahbarlari va Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochilari ishtirokida yuridik texnikumining o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

 Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram 

 

Jaholatga qarshi ma'rifat

03-03-2022

 Samarqand viloyat yuridik texnikumida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv  bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram

 

Samarqand viloyat - axborot kutubxona markazida “Giyohvandlikka qarshi xalqaro kurashish" mavzusida tadbir o‘tkazildi

01-03-2022

Ushbu tadbirda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari qatnashib kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda AKM huquqshunosi A.Arustamova, Samarqand shahar Narkologiya dispanseridan shifokor narkolog Sh.Mullayev, yuridik texnikum va So‘zangaron tibbiyot kolleji o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

 Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram 

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati namoyish etildi

25-02-2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbuslari ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati namoyish etildi.

Tadbirda shahar hokimligining mas'ul xodimlari, “Sartepo” hamda “Yangiqo‘rg‘on” MFY faollari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram  

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumida bitiruvchilar o‘rtasida "Eng iqtidorli o‘quvchi" aniqlandi

23-02-2022

Hudud yoshlari huquqiy bilimlarni egallashda bir-biridan qolishmasliklarini isbotlashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra quydagi  o‘quvchilar barcha shartlar davomida ustun kelishdi.

1-o‘rin Baxromova Laylo Raim qizi;

2-o‘rin Ochilov Zarrux Sobirovich;

3-o‘rin Karimov Urol Olimjon o‘g'li munosib deb topildi.

 Ushbu ishtirokchilar texnikum tomonidan diplom va bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 1-o‘rin uchun - BXM besh barobari (1 350 000 so‘m);

2-o‘rin uchun - BXM to‘rt barobari (1 080 000 so‘m);

3-o‘rin uchun - BXM uch barobari (810 000 so‘m).

 Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг