Tadbirlar
Samarqandda favvoralari sayli bo‘lib o‘tmoqda

Har yili mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan 1 may - Favvoralar kuni Samarqandda katta tantana, ommaviy saylga aylanib ketadi.
Bu yil ham azim kentda bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tmoqda. Ayni paytda Ko‘ksaroy maydoni, Universitet xiyoboni, Amir Temur va Ruhobod maydonlari, Shoirlar xiyoboni, Temiryo‘l vokzali maydoni, Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘idagi favvoralar atrofi sayilga chiqqan hamyurtlarimiz va mehmonlar bilan gavjum.
- Har yili oilam bilan favvoralar sayliga kelishni an'anaga aylantirganmiz, — deydi pastdarg‘omlik Zarina Mamatqulova. — Favvoralar jazirama issiqda salqinlikni yaratib, barchamizga qulaylik beradi. Bu ayniqsa farzandlarimizga juda xush yoqadi.
Sayil ishtirokchilari favvoralar oldida o‘rnatilgan sahnalarda san'atkorlar chiqishi, turli ko‘rgazma va xalq o‘yinlarini tomosha qilmoqda.
Xuddi shunday sayillar viloyatimizning har bir tuman va shaharlarida o‘tkazilyapti.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
AQSHdagi vatandoshimiz bilan onlayn-miloqot o‘tkazildi!

2022-yil 29-aprel soat 10-00da kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan Respublikadagi barcha yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vatandoshimiz mualliflik huquqi, savdo belgisi, savdo siri, internet va dasturiy ta'minot, raqamli media va video o‘yinlar huquqlari bo‘yicha mutaxassis, Pardes jamiyati a'zosi Jurabek Homidov ishtirokida “Intellectual Property Law in the Global Economy“ (Global iqtisodiyotda intellektual mulk huquqining o‘rni) mavzusida onlayn-muloqot o‘tkazildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Umumxalq hashari davom etmoqda

30 aprel — obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari kuni Hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Bugun erta tongdan Samarqand viloyati yuridik texnikumida xalqimizga xos bo‘lgan qadriyat – hashar ishlari ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Texnikum pedagog xodimlari hamda o‘quvchi-yoshlari tomonidan ta'lim muassasasi hududi va atrofidagi maydonlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hashar davomida daraxtlarga shakl berilib, oqlanib, ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida 11-sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

2022-yil 25-26 aprel kunlari yuridik texnikumda Samarqand shahridagi umumta'lim maktablari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida o‘quvchilar yuridik texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda ta'lim jarayonlari bilan tanishdi.
Tadbirlarda faol ishtirok etgan hamda huquq sohasida o‘zlarini bilimlarini namoyon qilgan o‘quvchilar http://martaba.uz/ sayti ma'muriyati tomonidan estalik sovga'lari bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikumda sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqalar yakunlandi !

2021/2022 o‘quv yili uchun sortning mini-futbol turi bo‘yicha Samarqand viloyati yuridik texnikumi ochiq chempionatida 2-bosqich, 203-guruh o‘quvchilari chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek,
1-o‘rin - 203-guruh.
2-o‘rin - 102-guruh.
3-o‘rin - 101-guruh.
Izoh. Musobaqa g‘oliblarini texnikum jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram