Tadbirlar
TALABALAR O‘RTASIDA “MEHNAT HUQUQI YOSHLAR NIGOHIDA” TANLOVI O‘TQAZILADI!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun tanlov e'lon qilinmoqda. Tanlovning saralash bosqichi 2022 yil 24 may kunida start beriladi va internet tarmog‘idagi http://www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31 mayga qadar davom etadi.
Tanlovning saralash bosqichi test shaklda bo‘ladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.
Buning uchun http://www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.
Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.
Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: televizor;
2-o‘rin: noutbuk;
3-o‘rin: planshet.
Tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqandda Adliya sayillari.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Samarqand shahar Qorasuv massividagi madaniyat va istirohat bog‘ida "Adliya sayli" bo‘lib o‘tdi.
Ushbu saylda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ham faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqandda "Adliya sayli" tadbirlari o‘tkazildi.

Samarqand shahridagi "Qorasuv" massivida tashkil etilgan “Adliya sayli” tadbiri jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada oshirish, aholiga huquqiy axborotlarni, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va harakatlar strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini yetkazish kabi ezgu maqsadlarni o‘zida ifoda etdi.
“Adliya sayli”da Samarqand viloyati yuridik texnikumi jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi faol o‘quvchilari tomonidan huquqiy targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda !

Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari Samarqand shahri tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari uchun tashkil etilgan "Huquqiy muammongiz bormi" mavzusida sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda yuridik texnikum o‘quvchilari ham huquqiy targ‘ibot ishlarini faol olib bordi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"Street law" volontyorlarining dars mashg‘ulotlari davom etmoqda !

Samarqand viloyati yuridik texnikumi koordinatorlari va o‘quvchilaridan iborat "Street law" volontyorlik jamoasi Samarqand shaxridagi yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtilgan umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun "Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari uchun jazo va ularni oldini olish " mavzusida interaktiv dars mashg‘ulotlarini olib bordi.
Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram