Tadbirlar


Huquqiy targ‘ibotlar. 12-may

13-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi pedagog xodimlari joylarga chiqib targ‘ibot ishlarini amalga oshirishmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-may kuni texnikum xodimi G.Mamanazarova Oqdaryo tumanidagi 45-son IDUMda bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Respublika yuridik texnikumlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish tartibi tushuntirildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

"Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari uchun jazo va ularni oldini olish" mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

11-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi  "Street Law"  jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtilgan umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun "Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari uchun jazo va ularni oldini olish" mavzusida interaktiv dars mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.

Dars jarayoni qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda olib borildi hamda maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurishdi.

11-05-2022

Tashrif avvalida Samarqand yuridik texnikumi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand yuridik texnikumi direktori Toshniyozov Otabek Polvonovich so‘zga chiqib ushbu uchrashuvdan samimiy xursand ekanligini va texnikumlararo tajribaviy va do‘stona munosabatlar davomiy bo‘lishini ta'kidladi.

Ushbu so‘zlarni mustahkamlash maqsadida texnikumlararo "Do‘stlik va hamkorlik" memorandumi imzolandi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi sud amaliyot xonasi, sport zali bilan va axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 ARM xodimi Boboyeva Shaxnoza Mirboboyevna o‘quvchilarga yuridik va badiiy adabiyotlar bazasi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi va o‘quvchilar bilan suhbatlasharkan kitob insonning eng yaqin do‘sti ekanligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuvni davomiy qismini Samarqand yuridik texnikumi dekani Usmonov Dilmurod Bekmurodovich olib bordi va o‘quvchilarni o‘zlarining sud amaliyot xonalari hamda sport o‘yinlari o‘tkaziladigan zal bilan tanishtirdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Huquqiy targ‘ibotlar

11-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi pedagog xodimlari joylarga chiqib targ‘ibot ishlarini amalga oshirishmoqda.

Xususan, joriy yilning 10-may kuni texnikum  o‘qituvchi-xodimalari N.Axatova, N.Daniyarova, N.Jo‘rayeva Samarqand shaxridagi va Pastdarg‘om tumanidagi 54-son IDUM va 54-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Respublika yuridik texnikumlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish tartibi tushuntirildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Munosiblar taqdirlandi !

10-05-2022

 Samarqand viloyati yuridik texnikumining bir qator iqtidorli, tashabbuskor va bilimli o‘quvchilari texnikum ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi. Xususan,

1. "Street law" loyihasi volontyorlariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

2. "Zakovat" Intellektual o‘yinlari g‘oliblariga sertifikatlar taqdim etildi.

3. Sportning mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan yuridik texnikum ochiq chempionati g‘oliblariga diplom va kubok topshirildi.

4.  "Biz korrupsiyaga qarshimiz" insholar ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga diplomlar taqdim etildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг