Tadbirlar


Yuridik texnikum bitiruvchilari uchun malakaviy amaliyotlar boshlandi !

26-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot jarayonlarida o‘zlarining texnikumda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishmoqda.

Amaliyot jarayonlari davlat xizmatlari markazi, advokaturalar, notariat idoralarda,  adliya boshqarmasi idoralarida, majburiy ijro byurosi  boshqarmasi va bo‘limlari hamda viloyat umumyurisdiksiya sudlarida olib borilmoqda.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 

Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun sayohat tashkil etildi.

26-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchilari N.Axatova hamda M.Xudoyberdiyevalar tomonidan  1-bosqich oq'uvchilari uchun Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar va oq'ituvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti qabri joylashgan “Hazrati Xizr” masjidi, Bibixonim madrasasi hamda Xo‘ja Doniyor maqbaralarida bo‘ldi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 

UCH AVLOD UCHRASHUVI.

24-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamda Samarqand viloyati sudi hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.      

O‘quvchilarga tanlagan kasbining hamma qirralari qiziq. Ayniqsa, shu kasbda ishlab turganlar bilan uchrashish, suhbatlashish maroqli. Bir umr shu kasbda ishlab, sharaf bilan nafaqaga chiqqanlar esa ideal shaxs darajasida.

 Shuning uchun uch avlod uchrashuvlari yangi avlod kasbdoshlarni tarbiyalashda, ruhlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

"Street law" volontyorlarining kunlik dars mashg‘ulotlari davom etmoqda!

18-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich, 102-o‘quvchilaridan (P.Xurramova, F.Abdujabborova, K.Qarshiyev, O.Sattorov) iborat "Street law" volontyorlik jamoasi yoshlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 93-umumta'lim maktabida  9-sinf o‘quvchilari uchun "Yoshlarning huquqiy madaniyati, ularning burchlari, majburiyatlari hamda oiladagi roli" mavzusida interaktiv dars mashg‘ulotlarini olib bordi.

 Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Huquqiy targ‘ibotlar 18-may

18-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi pedagog xodimlari joylarga chiqib targ‘ibot ishlarini amalga oshirishmoqda.

Xususan, joriy yilning 17-may kuni texnikum  o‘qituvchi-xodimlari Y.Ergashev va D.Usmonov Bulung‘ur tumanidagi 1-, 22-, 23-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Respublika yuridik texnikumlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish tartibi tushuntirildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг