TALABALAR O‘RTASIDA “MEHNAT HUQUQI YOSHLAR NIGOHIDA” TANLOVI O‘TQAZILADI!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun tanlov e'lon qilinmoqda. Tanlovning saralash bosqichi 2022 yil 24 may kunida start beriladi va internet tarmog‘idagi http://www.tanlov.kasaba.uz sayti orqali 31 mayga qadar davom etadi.
Tanlovning saralash bosqichi test shaklda bo‘ladi va ishtirokchilar mehnat huquqiga oid testlarga javob berishlari lozim.
Buning uchun http://www.tanlov.kasaba.uz saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish va testdagi savollarga javob berishi kifoya.
Tanlovning Respublika bosqichi og‘zaki savol-javob tarzda tashkil etiladi va talabalarning bilimini baholash maqsadida tanlov komissiyasi bevosita suhbat olib boradi.
Tanlovda g‘olib chiqqan ishtirokchilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: televizor;
2-o‘rin: noutbuk;
3-o‘rin: planshet.
Tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xalqaro va milliy mehnat standartlarining mohiyatini targ‘ib qilish, shu orqali faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 07/05/2022 09:17; Просмотров: 371
Чоп этилган ва?т: 30/01/2025 23:41