Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumida «Ustozlarga ehtirom» bayram tadbiri o‘tkazildi.

01-10-2022

Tadbir  avvalida texnikum direktori O.Shirinov kirish so‘zida barchaga Adliya vaziri R.Davletovning "Tabrik xati"ni o‘qib eshittirib barcha pedagog va xodimlarni tabriklab o‘tdi.

Texnikumda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, chuqur bilim va professional ta'limga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari hamda ”O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qator o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining hamda texnikum direktorining Faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Konstitusiyaviy islohotlar targ‘iboti

04-07-2022

2022-yil 4-iyul kuni hududdagi “Sartepo” va “Yangiqo‘rg‘on” MFY aholisi uchun yuridik texnikum mas'ul xodimalari G.Mamanazarova, N.Ismayilova, N.Jo‘rayeva, Sh.Boboyorova hamda faol o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Mehnat qilish huquqlarining konstitusiyaviy kafolatlari” mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov bo‘lib o‘tdi.

02-07-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida yuridik texnikum bitiruvchilaridan hududiy adliya boshqarmasi Maxsus komissiyasiga yo‘llanma berishni so‘rab onlayn platforma orqali jami 9 nafar nomzod ariza bilan murojaat qilgan.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Bor mehrimiz senga, bolajon !

01-06-2022

"1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan beg‘araz donorlik aksiyasida Samarqand viloyati yuridik texnikumi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 

Yuridik texnikum bitiruvchilari uchun malakaviy amaliyotlar !

31-05-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 205-guruh o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot jarayonlarida o‘zlarining texnikumda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishmoqda.

Amaliyot jarayonlari davlat xizmatlari markazi, advokaturalar, notariat idoralarda,  adliya boshqarmasi idoralarida, majburiy ijro byurosi  boshqarmasi va bo‘limlari hamda viloyat umumyurisdiksiya sudlarida olib borilmoqda.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг