Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi Samarqand viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida Samarqand yuridik texnikumi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand yuridik texnikumi direktori Toshniyozov Otabek Polvonovich so‘zga chiqib ushbu uchrashuvdan samimiy xursand ekanligini va texnikumlararo tajribaviy va do‘stona munosabatlar davomiy bo‘lishini ta'kidladi.
Ushbu so‘zlarni mustahkamlash maqsadida texnikumlararo "Do‘stlik va hamkorlik" memorandumi imzolandi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi sud amaliyot xonasi, sport zali bilan va axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
ARM xodimi Boboyeva Shaxnoza Mirboboyevna o‘quvchilarga yuridik va badiiy adabiyotlar bazasi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi va o‘quvchilar bilan suhbatlasharkan kitob insonning eng yaqin do‘sti ekanligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuvni davomiy qismini Samarqand yuridik texnikumi dekani Usmonov Dilmurod Bekmurodovich olib bordi va o‘quvchilarni o‘zlarining sud amaliyot xonalari hamda sport o‘yinlari o‘tkaziladigan zal bilan tanishtirdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 11/05/2022 19:26; Просмотров: 377
Чоп этилган ва?т: 30/01/2025 23:36