Yangiliklar
Britaniya Kengashi hamda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda IYELTS – Ingliz tili o‘qitish tizimi metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi.
27-09-2021Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 206-guruh o‘quvchisi Ochilov Zarruh Sobirovich Britaniya Kengashi hamda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda IELTS – Ingliz tili o‘qitish tizimi metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Yeslatib o‘tamiz Ochilov Zarruh Sobirovich 2021/2022 o‘quv yili uchun Adliya vazirligi stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi.
Yuridik texnikum o‘quvchisi Respublika miqyosida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi !
20-09-2021Samarqand viloyati yuridik texnikum 2-bosqich, 202-guruh o‘quvchisi Xurramov Shohijaxon “Kelajak bunyodkorlari” erkin volontyorlar harakati va hamkor tashkilotlar bilan “Men Vatanning iste'dodiman” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yuridik texnikum jamoasi Xurramov Shohijaxonning kelgusidagi o‘qishlari hamda ijodiy ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.
Barcha abituriyentlar diqqatiga !
08-09-2021Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yili uchun Samarqand viloyati yuridik texnikumiga davlat grandi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra mutaxassisliklar kesimda:
1.Davlat-huquqiy faoliyat bo‘yicha – 12 ta;
2.Yuridik xizamt bo‘yicha – 10 ta;
3.Sud-huquqiy faoliyat bo‘yicha – 8 ta.
Jami 30 ta.
Yeslatib o‘tamiz davlat grandi faqat kunduzgi ta'lim bo‘yicha hujjat topshirgan hamda test natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga taqdim etiladi.
Mandat natijalari xozircha e'lon qilinmadi. Yaqin kunlarda e'lon qilinsa mazkur kanalda birinchilardan bo‘lib yoritamiz.
"Yoshlar o'rtasida psixologik muhitni aniqlash yo'llari" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi
18-06-2021Samarqand viloyati yuridik texnikum psixologi Ismayilova Nafisa Israyilovna zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik masalalariga bag'ishlangan "Yoshlar o'rtasida psixologik muhitni aniqlash yo'llari" mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Bitiruvchi kurs o‘quvchilar uchun namunaviy Yakuniy davlat attestatsiya savollari
01-06-2021.
SAMARQAND VILOYATI YURIDIK TEXNIKUM YURIDIK KLINIKASI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
06-05-2021.
Ayol borki, olam munavvar!!!
05-03-2021Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir: Onalarning oyog‘i ostidadur,Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...
Yurtimizda ayolni e’zozlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bevosita mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy xayotimizdagi faollik darajasi, eng muhimi, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishdagi hayotiy vazifasi izchil belgilab berildi.
Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda.Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishayapti.Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini engil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi. SHu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Ayollarga izzat-ikrom ko‘rsatish, uni ardoqlash, og‘irini engil qilish millatimizga xos fazilat va bu ming yillik qadriyatlarimizning tayanch ustunlaridan biri sanaladi. Zero, oiladagi totuvlik, jamiyatdagi barqarorlik, yurtdagi osoyishtalikni saqlab turishda ham ayol zotining o‘rni bor.
Bugungi kun ayoli nafaqat ijtimoiy - iqtisodiy, balki siyosiy jarayonlarda ham ishtirok etish va o‘zi so‘zini ayta olish imkoniga ega.
Mamanazarova Gulbaxor Yusupovna
Samarqand yuridik texnikumi o‘quvchilari Samarqand viloyati sudi binosida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, sudyalarning ishlash jarayoni bilan bevosita tanishdi.
23-02-2021Sudyalar o‘quvchilar savollariga javob berar ekan, sud-huquq sohasida ishlash katta mas'uliyat, kuchli bilim, kasbga sadoqat, fidoyilik va tinimsiz o‘z ustida ishlash lozimligini aytdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida sud jarayoni tashkil etildi. Sud protsessining barcha ishtirokchilari talabalarning o‘zlari bo‘ldi. Mazkur sahnalashtirilgan sud ishida bir yosh yigitning o‘g‘irlik sodir qilganligi holati muhokama qilindi va tegishli jazo tayinlandi.
Betakror va buyuk shaxsiyat
12-02-2021Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilmiy maqola bilan ishtirok etdi !
06-02-2021Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Ommaviy-xususiy fanlar kafedrasi" o‘qituvchisi Muqumova Muslima Ziyodullayevna Amerika Qo‘shma Shtatlarining "The American Journal of Political Science Law and Criminology" jurnalida " Issues Of Social Justice And Punishment In The Temur Regimes (Temur shaxsiyatida ijtimoiy adolat va jazo masalalari) mavzusida ilmiy maqola bilan ishtirok etdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi rahbariyati Z.Muqimovaga texnikum ilmiy salohiyatini oshirishdagi jonbozliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, keyingi faoliyatlariga zafarlar tilaydi.