Yangiliklar

Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv jarayoni masofaviy tarzda davom etmoqda

25-01-2022

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 3-apreldagi “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini masofaviy shaklda samarali tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 22/1-1/1488, 26Q/Q-son qo‘shma qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti kengashining 2021-yil 31-martdagi 5-son yig‘ilishi bayonnomasi bilan “Karantinga oid choralar amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida vaqtinchalik masofaviy ta'limni tashkil etish tartibi” belgilangan.

Mazkur qoidaga asosan 2022-yil 24-yanvardan boshlab Samarqand viloyati yuridik texnikumida dars jarayonlari onlayn tarzda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: telegram | facebook | instagram  


“O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

18-01-2022

Adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, shuningdek, norma ijodkorligi sohasini rivojlantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Бизни кузатиб боринг: telegram | facebook | instagram  


"Adliya vazirligiga 30 yil"

15-01-2022

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum direktori Toshniyozov Otabek Polvonovich "Adliya vazirligiga 30 yil" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Fursatdan foydalanib yurik texnikum jamoasi Otabek Polvonovichni mazkur mukofot bilan samimiy muborakbod etadi.

Bizni kuzatib boring:   telegram | facebook | instagram 


RASMIY MUNOSABAT

07-01-2022

Sud qarori ijrosi amalda

Joriy yilning 6-yanvarida KUN.UZ axborot saytidagi “Huquqshunoslarni tayyorlovchi ta'lim dargohida qonunlar buzilmoqda” maqolasi yuzasidan Samarqand viloyat yuridik texnikumi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi: 

https://telegra.ph/RASMIY-MUNOSABAT-01-07 


Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi munosib ishtirok

21-12-2021

Yaponiyaning Nagoya universiteti tomonidan tashkil etilgan International Joint Conference on Marriage and Divorce mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Samarqand viloyati yuridik texnikumining "Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi" o‘qituvchisi Ergashev Yo‘ldosh va 201-guruh o‘quvchisi Baxromova Laylo “Legislative activity state in preparing young people for family relations” mavzusidagi ilmiy maqola bilan ishtirok etishdi.  

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram 


Samarqand viloyati yuridik texnikumiga ishga qabul qilish jarayoni

17-12-2021

https://youtu.be/veoN4WaHBxs 


Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Nuriyev Saloxiddin Samadovich O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan ta'sis etilgan "Adliya a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

06-12-2021

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Nuriyev Saloxiddin Samadovich O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan ta'sis etilgan "Adliya a'lochisi" ko‘krak nishoni  bilan taqdirlandi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Saloxiddin Samadovichni bunday e'tirofga sazovor bo‘lganligi munosabati bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram


Texnikum monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Mamanazarova Gulbahor Yusupovna

03-12-2021

     Samarqand viloyati yuridik texnikum monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Mamanazarova Gulbahor Yusupovnaning "Be Valuable, My Mother Tongue" mavzusidagi maqolasi Buyuk Britaniyaning poytaxti  Londondagi Xalqaro ilmiy konferensiya jurnalida chop etildi. Ushbu maqolada  ona tilining mustaqil davlatimiz bayrog‘i,gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollar kabi o‘rni beqiyosligi ko‘rsatib o‘tilgan.

/uploads/266-270_4.pdf

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram


201-guruh o‘quvchisi Fayzullayeva Mushtariy

01-12-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 201-guruh o‘quvchisi Fayzullayeva Mushtariyning "XXI asrda ta'lim va fan" Xalqaro jurnalida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining vujudga kelishi va uning jamiyat rivojidagi tutgan o‘rni" mavzusidagi maqolasi e'lon qilindi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram


Fayzullayeva Mushtariy "O‘qituvchi" ilmiy, uslubiy, metodik va badiiy jurnalining 22-sonida o‘z maqolasi bilan ishtirok etdi.

30-11-2021

Samarqand viloyati yuridik texnikum 201-guruh o‘quvchisi Fayzullayeva Mushtariy "O‘qituvchi" ilmiy, uslubiy, metodik va badiiy jurnalining 22-sonida o‘z maqolasi bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram


 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг