SAMARQAND VILOYATI YURIDIK TEXNIKUM YURIDIK KLINIKASI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Yuridik klinika” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yuridik klinikada bugungi kunga kelib texnikumning barcha 343 nafar o‘quvchilari hamda barcha o‘qituvchi-xodimlari a'zo sifatida kiritilgan bo‘lib, doiymiy ravishda ular o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan seminar treninglar o‘tkazilib borilmoqda.
Shu bilan birga yuridik klinikaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari ham faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiziqtirga savollarga huquqiy maslahatlar berilmoqda.
Klinikaning asosiy maqsadi o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
Shuningdek, Klinikaning asosiy vazifalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashqilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quvchilarni nazariy bilimlarining amaliyot bilan uyg‘unligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatish, o‘quvchilarning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali yuridik sohadagi professional tayyorgarlik darajasini oshirish etib belgilangan.
Samarqan viloyati yuridik texntikum yuridik klinkasi yetakchi muaxassisi I.Bolishev
Дата добавления: 06/05/2021 09:51; Просмотров: 650
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:32