Yangiliklar
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari "Yuksalish" umummilliy harakatining a'zoligiga qabul qilindi !
04-02-20212021 yil 4 fevral kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumining quyidagi o‘quvchilariga "Yuksalish" umummilliy harakatining a'zoligiga qabul qilish to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi:
- Karimova Yulduzxon - texnikumning 1-bosqich, 101-guruh o‘quvchisi;
- Davlatova Mehribon - texnikumning 1-bosqich, 101-guruh o‘quvchisi;
- Nosirova Dinara - texnikumning 1-bosqich, 101-guruh o‘quvchisi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi rahbariyati mazkur o‘quvchilarga yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan harakatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularning keyingi faoliyatlariga zafarlar tilaydi.
Yoshlarga e'tibor kelajakka e'tibor !
11-01-2021Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan bu yilgi Murojaatnomasida yoshlarga alohida e'tibor qaratdi.
Bizga tarixdan ma'lumki, har bir davlat o‘z milliy ma'naviyatiga ega, shu qatorida bizning davlatimizning ham o‘z tarixiy ma'naviyati bor, buyuk ajdodlarimizdan At-Termiziy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Imom Al Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek kabi ko‘plab ma'naviyati yuksak bobolarimizning izdoshlari ekanmiz, albatta, biz ham yuksak ma'naviyatli bo‘lishimiz kerak.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida zero yuksak bilimga, ko‘nikmaga, tajribaga, ega yoshlardan jamiyatga, davlatga jonkuyar fidoiy kadrlar yetishib chiqadi.
Samarqand viloyati yuridik texnikum yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Sodiqov.
O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI, KELAJAKKA ZAMIN !
07-01-2021O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI,
KELAJAKKA ZAMIN !
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan bu yilgi Murojaatnomasini biz yuridik texnikum jamoasi ham katta qiziqish va hayajon bilan kutib oldik.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bu yilgi Murojaatnoma o‘tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to‘g‘ri keldi.
Butun insoniyat, shu qatori mamlakatimiz aholisi ham koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o‘tkazmoqda.
Lekin, xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati evaziga mazkur sinovlarni mardona yengib o‘tmoqdamiz.
2020 yil ta'lim sohasida hamda yoshlarni o‘z iqtidorlarini namoyon etishlarida tub burilish yili bo‘ldi, desak, xato bo‘lmagan bo‘ladi.
Xususan, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobarga oshganligi, professional ta'lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi, oliy ta'limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nomlanishi mazkur yo‘nalishda yangi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olishimizni taqozo etdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Murojaatnomada mazkur sohadagi eng muhim va ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asos qilib olindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bu yo‘nalishda islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimiz tayanch bo‘lishini alohida ta'kidladi.
2021 yil nomida belgilanidek yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta'lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratish, uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limning muqobil shakllari yanada kengaytirish, YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni uyda berish modelini yo‘lga qo‘yish;
- maktab ta'limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish maqsadida sohada yagona “elektron ta'lim” tizimini joriy etish;
- ta'lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish,
- bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish, bunda bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi”ni joriy etish;
- umumta'lim maktablaridagi ta'lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishini ta'minlash, bunda boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lash;
- hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratish kabi imkoniyatlar belgilab berildi.
Albatta, Murojaatnomada biz yoshlarni quvontirgan eng asosiy jihatlardan biri bu - shubhasiz iqtidorli o‘g‘il-qizlarimiz uchun yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga yo‘naltiriladigan Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etish masalasidir.
Shubhasiz bu raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash uchun juda katta lokomativ vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, Murojaatnomadagi jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozimligining ko‘rsatib o‘tilishi Biz uchun juda katta ma'suliyat yuklaydi.
Bu galgi Murojaatnomada ham Biz mehnat qilayotgan professional ta'lim tizimiga ham alohida urg‘u berildi.
Xususan, oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylar oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalarga biriktirilishi, professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinishi, Yoshlar forumida ta'kidlanganidek yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi albbatta o‘z natijasini bermay qolmaydi.
Oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirish maqsadida davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi hamda a'lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi ham yoshlarni qo‘llab – quvvatlash sohasida juda katta imkoniyatlar yaratib berilganligidan dalolat beradi.
Umuman, yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha yuqorida qayd etilgan imkoniyatlar
Barchamiz uchun endigi vazifa – ushbu tashabbus va takliflarni to‘liq amalga oshirishdan iborat.
Samarqand viloyati yuridik texnikum direktorining
yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov.
Tel: 97-912-37-35
Yuridik texnikumlarga kirish uchun test sinovlari natijalari e'lon qilindi.
31-10-2020▶O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga o‘qishga kirish uchun test sinlovlarida ishtirok etgan abituriyentlar diqqatiga.
Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinlovlari natijalari e'lon qilindi.
Ma'naviy boylik ...
24-10-2020Shu mavzuda Samarqand viloyati yuridik texnikumi monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Mamanazarova Gulbahor Samarqand gazetasiga chiqish qildi. Unda o‘zbek tilining insonlar tafakkuridagi ahamiyati va jamiyat rivojidagi dolzarbligi bo‘yicha muhim masalalar ko‘tarildi.
Yuristning Vatan oldidagi vazifasi
15-10-2020
Samarqand viloyati yuridik texnekumining
201-guruh talabasi Toshmamatova Amina To‘lqin qizi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumiga abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish davom etmoqda !
23-09-2020.
QABUL PARAMETIRLARI
01-07-2020Samaand viloyati yuridik texnikumiga
2020/2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha
QABUL PARAMETRLARI
BITIRUVCHILARNI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI UCHUN TUZILGAN NAMUNAVIY SAVOLLAR TO‘PLAMI
02-06-2020
/uploads/2020 йил ДАК кирил1 (2)1 (2).docx
/uploads/2020 йил ДАК лотин1 (2)1 (2).docx
/uploads/2020 год ДАК рус.docx
ABITURIYENTLAR O‘QISHGA TAKLIF ETILADI!
18-04-2020O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Samarqand viloyati yuridik kolleji (2020/2021 o‘quv yilidan Samarqand viloyati yuridik texnikumi) 2020/2021 o‘quv yili uchun barcha abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi !