Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Samarqand yuridik texnikumi o‘quvchilari Samarqand viloyati sudi binosida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, sudyalarning ishlash jarayoni bilan bevosita tanishdi.

Sudyalar o‘quvchilar savollariga javob berar ekan, sud-huquq sohasida ishlash katta mas'uliyat, kuchli bilim, kasbga sadoqat, fidoyilik va tinimsiz o‘z ustida ishlash lozimligini aytdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar ishtirokida sud jarayoni tashkil etildi. Sud protsessining barcha ishtirokchilari talabalarning o‘zlari bo‘ldi. Mazkur sahnalashtirilgan sud ishida bir yosh yigitning o‘g‘irlik sodir qilganligi holati muhokama qilindi va tegishli jazo tayinlandi.


Дата добавления: 23/02/2021 09:37;   Просмотров: 826
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/samarqand-yuridik-texnikumi-oquvchilari-samarqand-viloyati-sudi-binosida-bolib-bu-erda-yaratilgan-shart-sharoitlar-sudyalarning-ishlash-jarayoni-bilan-bevosita-tanishdi
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:47
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг