Yangiliklar
Zulfiya izdoshlari yonimizda va doimo bizning e'zozimizda
09-03-2020Zulfiya izdoshlari yonimizda va doimo bizning e'zozimizda. Samarqand viloyati yuridik kolleji 3-bosqich, 316-guruh o‘quvchisi Raxmonova Gulbadanbegim Do‘styor qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan 2019 yilgi ko‘rik-tanlovning Samarqand viloyat bosqichidagi “She'riyat va adabiyot” yo‘nalishida faol ishtiroki uchun viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining TASHAKKURNOMASI bilan taqdirlandi. O‘quvchimiz Raxmonova Gulbadanbegimning tirishqoqligi, izlanish va intilishi bilan Ona Vatanimiz, aziz xalqimiz, muhtaram Prezidentimizning mehri va ishonchiga munosib bo‘lishiga ishonamiz.
Ezgu niyat, savob ishlar ifodasi
04-03-2020Ezgu niyat, savob ishlar ifodasi. Samarqand viloyati yuridik kolleji 3-bosqich bir guruh o‘quvchilari mazkur shior ostida mahallamizda istiqomat qilayotgan, ammo mehr va e'tiborga muxtoj buvijonu-onaxonlarimizdan "8-mart Xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan xabar olishdi. Mehribon onaxonlarimiz qo‘lida duo bilan mehnat jamoamiz hamda o‘quvchi-yoshlarimizga ezgu tilaklar tilashdi. Fursatdan foydalanib, tashabbuskor 316-guruh (Shavkat Axmedov),307A- guruh (F.Allayorov) hamda 319-guruh (D.Norqulova) jamoasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. OFARIN !!!
"Ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar" mavzusida seminar-uchrashuv o‘tkazildi
04-02-2020Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quv bo‘limi tomonidan o‘qituvchi-pedagoglari hamda ma'muriyat xodimlari ishtirokida "Ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar" mavzusida seminar-uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish hamda muvofiqlshtirish boshqarmasi bosh uslubchi-maslahatchisi Nasimov Husan Abdurahmonovich so‘zga chiqib, bugungi kunda ta'limda bo‘ladyotgan islohotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni darslarda qo‘llash usullari hamda o‘qituvchilik kasbining mas'uliyati to‘g‘risida fikr yuritdi.
YURIDIK KOLLEJ ISLOHOTLARI
18-05-2019Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bir qator kollejlar yuridik kollejlarga aylantirildi.
Nizom mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar
15-03-2019Samarqand viloyati yuridik kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ 3666-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 858-son qarori hamda "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari o‘quvchilarining bilimini baholash to‘g‘risida"gi Nizom mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tarix fanidan ochiq dars
06-03-2019Joriy yilning 5 mart kuni Samarqand viloyat yuridik kollejida tarix fanidan ochiq dars o‘tkazildi.
Kollej o‘quvchisi kubok soxibi
18-09-2018Samarqand viloyat yuridik kolleji 209-guruh o‘quvchisi Shukrullayev Shuxrat sportning ushu turi bo‘yicha Samarqand kubok soxibi bo‘ldi.
Avgust kengashi
27-08-2018Samarqand viloyat yuridik kollejida Samarqand viloyatidagi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘qituvchilarining avgust kengashidan lavhalar.
Samarqand Huquqshunoslik kollejida Samarqand shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorliikda o‘tkazilgan davra suxbati
28-04-2018O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-sonli Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.