Ayol borki, olam munavvar!!!
Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir: Onalarning oyog‘i ostidadur,Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...
Yurtimizda ayolni e’zozlash, hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bevosita mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy-siyosiy xayotimizdagi faollik darajasi, eng muhimi, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishdagi hayotiy vazifasi izchil belgilab berildi.
Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barcha jabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib bormoqda.Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishayapti.Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini engil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi. SHu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Ayollarga izzat-ikrom ko‘rsatish, uni ardoqlash, og‘irini engil qilish millatimizga xos fazilat va bu ming yillik qadriyatlarimizning tayanch ustunlaridan biri sanaladi. Zero, oiladagi totuvlik, jamiyatdagi barqarorlik, yurtdagi osoyishtalikni saqlab turishda ham ayol zotining o‘rni bor.
Bugungi kun ayoli nafaqat ijtimoiy - iqtisodiy, balki siyosiy jarayonlarda ham ishtirok etish va o‘zi so‘zini ayta olish imkoniga ega.
Mamanazarova Gulbaxor Yusupovna
Дата добавления: 05/03/2021 12:55; Просмотров: 981
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:27