Yuridik texnikumida “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”ga qaratilgan ma'naviy va ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish" qaratilgan ma'naviy va ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, unda 18 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Tadbir musobaqa tarzida tashkil etilib, o‘quvchilar 2 ta shart asosida bahs olib borishdi.
1-shart, o‘quvchilar asarlar yuzasidan tayyorlangan savollarga javob berishdi
2-shart ,mashhur adiblar asarlaridan parchalar o‘qildi. O‘quvchilar ushbu asar muallifi hamda nomini aytib o‘tishdi.
Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlari yoqtirib o‘qigan asarlarini anonim tarzda bir birlariga tafsiya sifatida yozib qoldirishdi.
Yakunda esa 104-guruh o‘quvchisi Boltayeva Hilola 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rin esa, 202-guruh o‘quvchisi Jo‘raqulova Parizodaga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘ringa 204-guruh o‘quvchisi Qurbonov Alisher munosib ko‘rildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 28/03/2024 16:33; Просмотров: 137
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 09:52