Yangiliklar

201-guruh bitiruvchisi Jononov Firdavs Ilhomjon o‘g‘li

17-08-2023

          Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi  "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  705-sonli qaroriga muvofiq,

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi 201-guruh bitiruvchisi Jononov Firdavs Ilhomjon o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universitetining "Yurisprudensiya" yo‘nalishiga suhbat asosida talabalikka 2-bosqichdan qabul qilindi.

         Bitiruvchimizni erishgan ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga muvoffaqiyat tilaymiz!!!


202-guruh bitiruvchisi Oydinova Sitora Isroilovna

17-08-2023

         Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi  "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 705-sonli qaroriga muvofiq,

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi 202-guruh bitiruvchisi Oydinova Sitora Isroilovna Toshkent davlat yuridik universitetining "Yurisprudensiya" yo‘nalishiga suhbat asosida talabalikka 2-bosqichdan qabul qilindi.

         Bitiruvchimizni erishgan ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlariga muvoffaqiyat tilaymiz!!!

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   


Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Samarqanddagi xizmat safari davomida viloyat yuridik texnikumi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida ham bo‘ldi.

04-08-2023

          Dastlab, muassasadagi o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta'minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalari va o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

         Bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda mavjud uskuna va jihozlar bilan ta'minlanganlik holatlarinu o‘rganib, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   


Yuridik texnikumlarga qabul boshlandi

01-08-2023

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1 avgustdan boshlandi.

  Ma'lumot uchun: Yuridik texnikumlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20 avgustgacha (20 avgust kuni ham)  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz ) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz ) orqali qabul qilinadi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   


Adliya vazirligi yuridik texnikumlarga "Yurisprudensiya" yo‘nalishi bo‘yicha texnikum bosqichi suhbat savollari tasdiqlandi

21-06-2023

1.Talabgorning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati.PDF

2.Talabgorning manaviy ahloqiy fazilati_1.PDF

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  


14-fevral, buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, "Shoh va shoir" Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

14-02-2023

       Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi.         Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheriyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.

Бизни кузатиб боринг:  |• телеграм | • фаcебоок | • инстаграм  


Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada munosib ishtirok etdi.

07-02-2023

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 202-guruh o‘quvchisi Ahmadova Shaxzoda hamda 211-guruh o‘quvchisi Ergasheva Umida Samarqand shahrida o‘tkazilgan  "Ilmiy tadqiqotning o‘rni: Muamo va yechimlari" mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy tanlovda munosib ishtirok etib, diplom , serfikat  va tashakurnomalarga ega bo‘ldi.

Fursatdan foydalanib iqtidorli o‘quvchilarimizning keyingi o‘qishlari va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  


Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchisi Respublika ochiq chempionat g‘olibiga aylandi !

15-11-2022

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 202-guruh o‘quvchisi Isomov Dalerjon 2022-yil 22-23 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida  sportning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha professionallar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika ochiq chempionatida  I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  


YURIDIK TEXNIKUMIGA ISHGA QABUL QILISH JARYOYONI

04-11-2022

https://www.youtube.com/watch?v=21QVfLBwRWk 

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 


Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari va o‘qituvchilari Xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi !

28-10-2022

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti  tomonidan “Yoshlar orasida qadriyatlar va me'yorlar transformatsiyasi” xalqaro ilmiy konferensiyada yuridik texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari ham ishtirtok etdi.

     ✍Unda ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ergashev Yuo‘ldosh " Legislative activity of the state in preparing young people for family relations " hamda "Obespecheniya gendernix prav - aktualnaya zadacha pri perexodnom etape na noviy Uzbekistan" nomli maqolalari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram    


 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг