Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Samarqanddagi xizmat safari davomida viloyat yuridik texnikumi hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida ham bo‘ldi.
Dastlab, muassasadagi o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta'minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalari va o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda mavjud uskuna va jihozlar bilan ta'minlanganlik holatlarinu o‘rganib, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 04/08/2023 17:07; Просмотров: 210
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 10:10