Yangiliklar

Yangi farmon bilan adliya tizimida nimalar o‘zgarmoqda?

29-05-2024

        Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va uni qabul qilishning zaruratiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

       Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov, viloyat yuridik texnikumi direktori Oybek Shirinov mavzu doirasida ma'lumot berdi.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram   


Bo‘lajak yuristlar amaliyotda!

29-05-2024

        Amaliyot bo‘lajak yurist kadrlarning salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar amaliyot jarayonida nazariy olgan bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashmoqda.

       Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich o‘quvchilarining tanishtiruv  hamda 2-bosqich  o‘quvchilarining malakaviy amaliyot jarayonlaridan fotolavhalar

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram   


Yuridik texnikumida xushxabar !

29-05-2024

        Yuridik texnikumning ingliz tili o‘qituvchisi Abduvaliyeva Shalola  IELTS imtihonidan C1 darajadagi  sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ushbu munosabat bilan yuridik texnikum jamoasi  Sh.Abduvaliyevani samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


201-guruh o‘quvchisi Ashurova Dilorom Ashraf qizi "YOSH TADQIQOTCHI" xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

28-05-2024

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi 201-guruh o‘quvchisi Ashurova Dilorom Ashraf qizi  “Scientific Academy”  ilm - ma'rifat markazi tomonidan 2024-yil 25-aprel kungi 19-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan "YOSH TADQIQOTCHI"  xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovining ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

D.Ashurovaningning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tilab qolamiz.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Samarqand viloyat yuridik texnikumida bo‘ldi.

22-05-2024

         Vazir o‘rinbosari mazkur muassasaning moddiy texnik holati, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali, o‘quvchilar turar joyini ko‘zdan kechirdi.

         Mavjud muammo va kamchiliklar, texnikum faoliyatini takomillashtirish, ta'lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quv-metodik ta'minlash, ta'mirlash ishlarini olib borish yuzasidan takliflarni o‘rgandi va zarur tavsiyalar berdi.

         Ta'kidlash kerakki, ushbu muassasa binosini kapital ta'mirlash va jihozlanishi rejalashtirilgan.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


Samarqand viloyati yuridik texnikumida xushxabar ! 102-guruh iqtidorli o‘quvchisi Roziqova Ruhshona ingliz tili imtihonidan umumiy 51 ball to‘plab B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

21-05-2024

         Texnikumning I-bosqich 102-guruh iqtidorli o‘quvchisi Roziqova Ruhshona ingliz tili imtihonidan umumiy 51 ball to‘plab B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

         Ushbu munosabat bilan yuridik texnikum jamoasi  R.Roziqovani samimiy tabriklab, kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar tilaydi!

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


Samarqand viloyati yuridik texnikumida xushxabar !

25-03-2024

           Texnikumning II-bosqich 103-guruh iqtidorli o‘quvchisi Bahriddinova Aziza ingliz tili imtihonidan umumiy 52 ball to‘plab B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

         Ushbu munosabat bilan yuridik texnikum jamoasi  A.Bahriddinovani samimiy tabriklab, kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar tilaydi!

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


21-mart - "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarayotganligi, sohani rivojlantirishga qo‘shayogan hissasi va samarali mehnati uchun

20-03-2024

          Samarqand viloyati yuridik texnikumi direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Otaqulov Jamshid Zubaydullayevich O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.

         Mazkur yuksak e'tirof bilan Jamshid Zubaydullayevichni ta'lim sohasidagi zalvorli ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram   


Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

18-03-2024

          Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar  3 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi hamda adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Konstitusiya huquqi fani bo‘yicha:

         Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xalilova Iroda Abdisalom qizi 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

         Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xaydarova Ruxshona Shokir qizi  2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;

         Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Sadirdinova Oynigor Aslidin qizi 3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan;

Mehnat huquqi fani bo‘yicha:

         Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Ulmasova Sevinch Uktamovna 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;

         Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi 2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;

         Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchisi  Xoshimova O‘g‘iloy Abdukayum qizi  3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

         Shu bilan birga, olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan fan o‘qituvchilari ham e'tirof etilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


Huquqiy fanlar olimpiadasi tafsilotlari haqida.

08-02-2024

         Samarqand viloyati yuridik texnikumida bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, ilm olishga intiluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

         Hududiy bosqich 2 bosqichda tashkil etib, 1-bosqichda o‘quvchilar Konstitusiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 25 tadan test savollarini ishlab, 2-bosqichda esa nazariy savollarga javob yozishdi.

         Olimpiada nizom talablariga muvofiq, ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda tashkil etilib, hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.

         Yakuniy natijalar 9-fevral kuni e'lon qilinadi

         Konstitusiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 1-o‘rin sohiblari Respublika bosqichida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar..

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 


 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг