14-fevral, buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, "Shoh va shoir" Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheriyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
Бизни кузатиб боринг: |• телеграм | • фаcебоок | • инстаграм
Дата добавления: 14/02/2023 16:44; Просмотров: 262
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 10:05