Yangiliklar
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 205-guruh o‘quvchisi Tangirov Nurimboy Toshbolta o‘g‘li Ingliz tilini B2 bilish darajasi sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
11-01-2024Eslatib o‘tamiz Adliya vazirligi yuridik texnikum bitiruvchilarining test sinovlarsiz suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Yurisprudensiya” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr tayyorlovchi boshqa oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishning zaruriy shartlaridan biri chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo‘lishdir.
Mazkur o‘quvchimizning bu yo‘ldagi dastlabki muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz hamda keyingi faoliyatlariga zafarlar tilaymiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi "Konstitusiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etdi.
06-12-2023O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining tashabbusi bilan joriy yilning 5-dekabr kuni o‘tkazilgan "Konstitusiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida texnikum o‘quvchisi, adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori Sobirov Ulug‘bek Kuvondiq o‘g‘li munosib ishtirok etib, faxrliy yorliq bilan taqdirlandi.
U.Sobirovning kelgusi o‘qish va ishlarida omad tilab qolamiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"KONSTITUSIYA BILIMDONI" ko‘rik tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
28-11-2023✔Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab uchta shartdan iborat bo‘lgan "Konstitusiya bilimdoni" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✔Etiborli tomoni ushbu ko‘rik- tanlovda Samarqand viloyati yuridik texnikumi 202-guruh o‘quvchisi U.Sobirov ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
✔Eslatib o‘tamiz ushbu ko‘rik-tanlov "Tanishtiruv", "Tezkor savol-javob" va "Adolat sotsial-demokratik partiyasi meni tasavvurimda" kabi shartlar asosida olib borildi.
Sobirov Ulug‘bekni kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!!!
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 202-guruh o‘quvchisi Sobirov Ulug‘bek Kuvondiq o‘g‘li “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yetakchilari” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
23-11-2023Unda U.Sobirov "MDH YETAKCHILARI" xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida o‘zining "Men yot g‘oyalarga qarshiman" mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Xalqaro e'tirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik
22-11-2023Bugun, 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot uchun: BAA hukumati tomonidan milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini ta'minlashda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib taqdirlash maqsadida 2009-yildan buyon “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi har ikki yilda bir marta amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ham BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda joriy yilda birinchi marta “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi amalga oshirildi.
Dasturda 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya (3 ta institusional va 5 ta individual) bo‘yicha ishtirok etdi.
Baholash natijalariga ko‘ra Adliya vazirligi:
"Namunali vazirlik" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
"Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish" nominatsiyasida 1-o‘rinni;
"Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik" nominatsiyasida 1- o‘rinni egalladi.
Shuningdek, "Namunali vazir o‘rinbosari" nominatsiyasida adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligining bo‘lim boshlig‘i Otabek Haqberdiyev "Namunali ixtisoslashgan xodim" nominatsiyasining sovrindori bo‘ldi.
Ushbu yuksak va sharafli xalqaro e'tirof Adliya vazirligining 10 mingga yaqin xodimlari faoliyat yurituvchi jamoasining mashaqqatli va sharafli mehnati natijasi hisoblanadi. Adliya organlari xalq xizmatida sidqidildan faoliyat yuritishda davom etadi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi bitiruvchisi o‘qishini Gdanskda davom ettiradi
20-11-2023Polshaning Gdansk universitetiga bir guruh o‘zbekistonlik talabalar akademik mobillik dasturi asosida o‘qishga yuborilmoqda.
2023-2024 o‘quv yilining 2-semestri uchun o‘tkazilgan grant tanlovida 5 nafar talabalar g‘olib bo‘lgan. Ular orasida yuridik texnikum bitiruvchisi, TDYU talabasi Laylo Bahromova ham bor.
Ommaviy huquq fakultetining 3-bosqichida ta'lim olayotgan Laylo avval G‘afur G‘ulom nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘lgandi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi O‘zbekiston chempionati sovrindori bo‘ldi!
24-10-2023Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 203-guruh o‘quvchisi Tuyvalova Mahliyo sportning "Turon yakkakurashi" turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Sportchimizga kelgusi musobaqalarda omad tilab qolamiz!
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
"Street law" loyihasi yana o‘z faoliyatini boshladi.
03-10-2023Samarqand viloyati yuridik texnikumida bugun "Street law" loyihasi bo‘yicha volontyorlarni o‘qitish o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi!
O‘quv seminarini texnikumdan loyiha kordinatori Otaqulov Jamshid hamda loyiha kordinatori o‘rinbosari Javlonbek Fayziyev va kordinator yordamchisi Sevinch Ulmasovalar olib bordi.
Eslatib o‘tamiz loyiha bo‘yicha seminarlar haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladi hamda juma kuni joylarda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikum xodimi “O‘rta maxsus va professional ta'lim a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi !
28-09-2023Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli ta'lim olishi va kasb-hunar egallashida o‘zining samarali mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Otaqulov Jamshid Zubaydullayevich mazkur mukofot bilan taqdirlandi.
Texnikum ma'muriyati J.Otaqulovning kelgusidagi ishlariga omad va ulkan zafarlar tilaydi !
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 70 nafar iqtidorli o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.
05-09-2023Mazkur stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta'sis etilgan.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram