Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

ABITURIYENTLAR O‘QISHGA TAKLIF ETILADI!

 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Samarqand viloyati yuridik kolleji (2020/2021 o‘quv yilidan Samarqand viloyati yuridik texnikumi) 2020/2021 o‘quv yili uchun barcha abituriyentlarni o‘qishga taklif etadi !

     

SAMARQAND VILOYATI YURIDIK KOLLEJIDA ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH TARTIBI
11-SINFNI YOKI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MUASSASASILARNI TUGATGANLAR XUJJAT TOPSHIRISH
XUQUQIGA EGA.
Yuridik kollejlarga qabul qilishda abituriyent qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni shaxsan taqdim etadi:
- mutaxassisligi va kasbi, o‘qitish tili, ta'lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni, tanlovni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi xususida belgini ko‘rsatgan holdagi ariza;
- pasport nusxasi;
- umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asli va nusxasi (agar abituriyent hujjatlarni topshirish muddatida ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatni olmagan bo‘lsa, u tanlov o‘tkazish kuniga qadar hujjat aslini taqdim etish sharti bilan, tegishli ta'lim muassasasi tomonidan berilgan uning gerbli muhri bilan tasdiqlangan rasmiy ma'lumotnomani taqdim etadi);
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli 6 ta rangli fotosurat.

1.Davlat xizmatlari bo‘yicha yurist- Davlat xizmatlari agentligi yuriskonsultantning asosiy vazifalari bo‘lib, huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashini tashkil etish, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash, tashkilotda huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish.
Davlat xizmatlari bo‘yicha yurist- – faoliyatini davlat xizmatlari agentligida va davlat idoralarida olib boradi.

2.Kadrlar masalalari bo‘yicha yurist - Xodimlar bilan ishlashning asosiy qoidalari, xodimlarni ishga joylash, mutaxassislik bo‘yicha joy-joyiga qo‘yish qoidalari, kadr ishining asosiy vazifalari, kadrlarga qo‘yiladigan asosiy talablar, kadr bo‘limida yuritiladigan xujjatlarni, xizmat xujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini bajaradi.
Kadrlar masalalari bo‘yicha yurist –faoliyatini davlat tashkilotlarida, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalarda, xizmat ko‘rsatish korxonalarida olib boradi.

3. Shartnomaviy masalalar bo‘yicha yurist – mol mulk topshirish, ishlarni bajarish,xizmatlar ko‘rsatish tizimida qo‘llaniladigan shartnoma loyixalarini ishlab chiqadi. Tegishli tarzda xuquqiy tomondan xulosa beradi.
Shartnomaviy masalalar bo‘yicha yurist – faoliyatini davlat xokimiyatini boshqaruv organlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalarda, xizmat ko‘rsatish korxonalarida olib boradi.

4. Notariat bo‘yicha yurist – notarial idoraga murojaat qilgan shaxslarga xuquqiy maslaxatlar va xuquqiy yordam beradi. Notarial idoralarda rasmiylashtirilgan xujjatlarni loyihalarini tayyorlaydi.
Notariat bo‘yicha yurist - faoliyatini notariuslarda va davlat idoralarida olib boradi.

5. Advokatura bo‘yicha yurist - ish faoliyatini advokatlik tuzilmasida shartnoma bo‘yicha yordamchi bo‘lib ishlaydi. Advokatlarga amaliy yordam beradi. Bir vaktning o‘zida bir necha mutassadi advokatga yordamchi bo‘la oladi. Tegishli tuzilma tomonidan yordamchiga guvoxnoma berilishi mumkin.
Advokatura bo‘yicha yurist - faoliyatini advokatlar palatasi, advokatlik byurosida, Advokatlik firmasida, advokatlik xayatida, yuridik maslaxatxonada va davlat idoralarida olib boradi.

6. Ijro ishi bo‘yicha yurist- sud xujjatlari va boshqa davlat organlari xujjatlari ijrosi bo‘yicha ish yuritishni ijrosini ta'minlaydi. Jinoyat,fuqarolik,iqtisodiy, ma'muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, qarorlari, buyruqlari va ajrimlarini ijrosini ta'minlash hamda notarial kelishuvlarni ijro etish, notariusning ijro xatlarini ijro etish, prokuror qarorlarini ijro etish bo‘yicha yurist.
Ijro ishi bo‘yicha yurist – faoliyatini majburiy ijro byurosida, davlat idoralarida olib boradi.


Дата добавления: 18/04/2020 00:05;   Просмотров: 1375
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/abiturientlar-oqishga-taklif-etiladi
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:28
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг