Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Yuristning Vatan oldidagi vazifasi

                  

Samarqand viloyati yuridik texnekumining

201-guruh talabasi Toshmamatova Amina To‘lqin qizi.

                                                                                  Yuristning Vatan oldidagi vazifasi

       Vatan bu muqaddas dargoh bu dardohda barchamizni o‘z vazifalarimiz zimmamizga yuklatilgan. Bu vazifalardan biri bizni unib o‘stirib shu kunlarga olib kelgan ota- onamizni mehnatlariga loyiq farzand bo‘lishdir. Ota- onalarimiz bizni o‘qitib, kelajakda to‘g‘ri yo‘l topib, martaba ega bo‘lishimizda cheksiz sarflagan mehnatlariga rahmatlar keltiradigan farzand bo‘lishimizning o‘zi ham Vatan oldidadigi vazifamiz hisoblanadi. Vatanni himoyalash uni ardoqlash qo‘riqlash bu kabi vazifalar  mard o‘g‘lonlarimizni Vatan oldidagi bajaradigan vazifalaridir. Yuristni Vatan oldidagi vazifasi borasida so‘z yuritar ekanmiz, barcha soha vakillarini oz' zimmasiga mas'liyat yuklangan bo‘lib, shular orasida eng katta e'tibor talab qiluvchi soha vakilari huquqshunoslik sohasi deb aytsak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Huquqshunoslik sohasida faoliyat yuritadigan Vatandoshlarimiz o‘ta katta aql idrokiga ega bo‘lib, masu'liyatli bo‘lishadi, chunki bu soha shuni talab qiladi. Huquqshunoslarimiz har    qanday vaziyatga to‘g‘ri yo‘l topib, fuqarolarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlab ularni farovonligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Huquqshunoslik sohasida faoliyat yuritadigan Vatandoshlarimiz quyidagi bo‘limlardan iborat. Tergovchi, sudiya, milliy gvardiya, deportament xodimlari, yo‘l patro‘l xizmati hodimlari, proflaktika enspektorlari, advokat, harbiy xizmatchilar, davlat xizmatlari xodimlari. bularning barchasi huquqshunos Vatandoshlarimiz o‘zining Vatan oldidagi ulug‘vor vazifasini ado etishayabdi. Tergovchi qoralovchi deb yuritiladi. Tergovchi sodir etilgan holat yuzasidan u jinoyat qaysi jinoyat turi ekanligini jinoyat kodekisining  qaysi moddasi bo‘yicha huqbo‘zarlik holati sodir etilganligini u kim tomonidan qachon nima maqsadda sodir etilganini aniqlab hujjatlarni sudiyaga yuboradi. Sudiya bu jinoyat,  jinoyat kodeksining qaysi moddasini qaysi bandi bilan aybli deb topilishi bilan o‘zini adolatli hukmini o‘qiydi. Advokat holatga oydinlik kiritib sud jarayonida ishtirok etadi. MIlliy gvardiya xodimlari tungi red tadbirlarini tuzib huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini oladi va bunga yo‘l qo‘ymaydi. yo‘l patro‘l xizmati inspektorlari esa avtomabil boshqaruvchi fuqarolarimizni yo‘llari bexatar bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Deportament xodimlari fuqarolar tomonidan kelib tushgan arizalar bilan shug‘ullanadi. Harbiy xizmatchilarimiz esa tunni- tun demay, kunni - kun demay, Respublikamizning chegaradosh joyalarida turib Vatanimizni har xil yomon illatlardan, har xil zararli oqibatlardan, diniy oqimlardan asrashda o‘z xizmatini ko‘rsatishayabdi. Shunday ulug‘vor Vatanni aziz farzandi bo‘lishning o‘zi ham bir oliy baxtdir. Bu mard o‘g‘lonlarimizni qancha ardoqlasak ham etiborga loyiqdir. Davlat xizmatlari xodimlari ikkinchi darajali huquqshunos Vatandoshlarimizdir. Bu Vatandoshlarimiz yetakchi xodimlarimizdir, tergovchini yordamchisi, sudiyani yordamchisi, FXDYOda, yagona darchada, passportniy stolda, deportament xodimlarining yetakchi xodimi sifatida, faoliyat yuritadigan Vatandoshlarimizdir. Bu sohada faoliyat yurituvchi fuqarolarimiz ham o‘zining  Vatan oldidagi vazifasini ado etishayabdi. Huquqshunoslik sohasi pog‘onalarga bo‘lingan bo‘lib, huquqshunoslik sohalari o‘zini faoliyati bilan bir necha darajalarga bo‘linib ketgan. Har bir fuqaro bu muqaddas ona diyorda aziz,  har kim o‘zidan yaxshi nom qoldirishi o‘zining qo‘lidadir. Shunday ekan har bir sohada fuqarolarga munosib yuridik xizmat ko‘rsatish bugungi kun talabi bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun huquqshonos mutahasislarimiz eng avvalo bilimli, tajribali, yaxshi ko‘nikmalarga ega kadr bo‘lmog‘i lozim.

A.Toshmamatova

Samarqand viloyati yuridik

тexnikumi  2- bosqich talabasi


Дата добавления: 15/10/2020 14:28;   Просмотров: 821
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/yuristning-vatan-oldidagi-vazifasi
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:44
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг