Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI, KELAJAKKA ZAMIN !

O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI,

KELAJAKKA ZAMIN !

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan bu yilgi Murojaatnomasini biz yuridik texnikum jamoasi ham katta qiziqish va hayajon bilan kutib oldik.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bu yilgi Murojaatnoma o‘tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to‘g‘ri keldi.

Butun insoniyat, shu qatori mamlakatimiz aholisi ham koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o‘tkazmoqda.

Lekin, xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati evaziga mazkur sinovlarni mardona yengib o‘tmoqdamiz. 

 2020 yil ta'lim sohasida hamda yoshlarni o‘z iqtidorlarini namoyon etishlarida tub burilish yili bo‘ldi, desak, xato bo‘lmagan bo‘ladi.

Xususan, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobarga oshganligi, professional ta'lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi, oliy ta'limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.

 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nomlanishi mazkur yo‘nalishda yangi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olishimizni taqozo etdi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Murojaatnomada mazkur sohadagi eng muhim va ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asos qilib olindi.

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bu yo‘nalishda islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimiz tayanch bo‘lishini alohida ta'kidladi.

2021 yil nomida belgilanidek yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

 - bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta'lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratish, uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limning muqobil shakllari yanada kengaytirish, YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'limni uyda berish modelini yo‘lga qo‘yish;

- maktab ta'limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish maqsadida sohada yagona “elektron ta'lim” tizimini joriy etish;

ta'lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish,

- bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish, bunda bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi”ni joriy etish;

- umumta'lim maktablaridagi ta'lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishini ta'minlash, bunda boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa100 foiz ustama haq to‘lash; 

- hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratish kabi imkoniyatlar belgilab berildi.

 Albatta, Murojaatnomada biz yoshlarni quvontirgan eng asosiy jihatlardan biri bu - shubhasiz iqtidorli o‘g‘il-qizlarimiz uchun yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga yo‘naltiriladigan Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etish masalasidir.  

 Shubhasiz bu raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash uchun juda katta lokomativ vazifasini o‘taydi.

  Shuningdek, Murojaatnomadagi jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozimligining ko‘rsatib o‘tilishi Biz uchun juda katta ma'suliyat yuklaydi. 

 Bu galgi Murojaatnomada ham Biz mehnat qilayotgan professional ta'lim tizimiga ham alohida urg‘u berildi.

Xususan, oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseylar oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalarga biriktirilishi, professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinishi, Yoshlar forumida ta'kidlanganidek yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi albbatta o‘z natijasini bermay qolmaydi. 

 Oliy ta'limning qamrovi va sifatini oshirish maqsadida davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi hamda a'lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilishi ham yoshlarni qo‘llab – quvvatlash sohasida juda katta imkoniyatlar yaratib berilganligidan dalolat beradi. 

Umuman, yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha yuqorida qayd etilgan imkoniyatlar

Barchamiz uchun endigi vazifa – ushbu tashabbus va takliflarni to‘liq amalga oshirishdan iborat.

 Samarqand viloyati yuridik texnikum direktorining
yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari J.Otaqulov.

Tel: 97-912-37-35


Дата добавления: 07/01/2021 17:49;   Просмотров: 842
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/ozbekiston-yoshlar-mamlakati-kelajakka-zamin
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:28
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг