Huquqiy fanlar olimpiadasi tafsilotlari haqida.
Samarqand viloyati yuridik texnikumida bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, ilm olishga intiluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Hududiy bosqich 2 bosqichda tashkil etib, 1-bosqichda o‘quvchilar Konstitusiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 25 tadan test savollarini ishlab, 2-bosqichda esa nazariy savollarga javob yozishdi.
Olimpiada nizom talablariga muvofiq, ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda tashkil etilib, hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.
Yakuniy natijalar 9-fevral kuni e'lon qilinadi
Konstitusiyaviy huquq va Mehnat huquqi fanlaridan 1-o‘rin sohiblari Respublika bosqichida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar..
Дата добавления: 08/02/2024 09:00; Просмотров: 271
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 10:30