Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 205-guruh o‘quvchisi Tangirov Nurimboy Toshbolta o‘g‘li Ingliz tilini B2 bilish darajasi sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz Adliya vazirligi yuridik texnikum bitiruvchilarining test sinovlarsiz suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Yurisprudensiya” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr tayyorlovchi boshqa oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishning zaruriy shartlaridan biri chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo‘lishdir.
Mazkur o‘quvchimizning bu yo‘ldagi dastlabki muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz hamda keyingi faoliyatlariga zafarlar tilaymiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 11/01/2024 11:33; Просмотров: 166
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 22:00