Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan "Huquqiy fanlar olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi hamda adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.
Konstitusiya huquqi fani bo‘yicha:
Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xalilova Iroda Abdisalom qizi 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Xaydarova Ruxshona Shokir qizi 2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Sadirdinova Oynigor Aslidin qizi 3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Mehnat huquqi fani bo‘yicha:
Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Ulmasova Sevinch Uktamovna 1-darajali diplom hamda 3 400 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi Jumayeva Marjona Raxmat qizi 2-darajali diplom hamda 2 720 000 so‘m pul mukofoti bilan;
Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchisi Xoshimova O‘g‘iloy Abdukayum qizi 3-darajali diplom hamda 2 040 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga, olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan fan o‘qituvchilari ham e'tirof etilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Дата добавления: 18/03/2024 17:09; Просмотров: 159
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:47