Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Samarqand viloyat yuridik texnikumida bo‘ldi.
Vazir o‘rinbosari mazkur muassasaning moddiy texnik holati, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport zali, o‘quvchilar turar joyini ko‘zdan kechirdi.
Mavjud muammo va kamchiliklar, texnikum faoliyatini takomillashtirish, ta'lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quv-metodik ta'minlash, ta'mirlash ishlarini olib borish yuzasidan takliflarni o‘rgandi va zarur tavsiyalar berdi.
Ta'kidlash kerakki, ushbu muassasa binosini kapital ta'mirlash va jihozlanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 22/05/2024 15:56; Просмотров: 210
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:32