Yuridik texnikumida davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand viloyati yuridik texnikumi kichik majlislar zalida "Yangi O‘zbekiston - yangi sud" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati sudyalari Kurbanov Tuyg‘un, Abjalov Orif, Temirov Otabeklar, shuningdek, Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotgani, olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqgani alohida takitlab o‘tildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 27/05/2024 14:17; Просмотров: 90
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 21:50