Yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida hamkor tashkilotlarga amaliy tashriflar davom ettirildi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi binosida kouchinglar faoliyati doirasida Samarqand viloyati yuridik texnikumining bir guruh o‘quvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar darsi tashkil qilindi.
Amaliy seminarda Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, ynalish doirasi hamda imkoniyatlari o‘quvchilarga batafsil tushuntirildi.
Qiziqarli o‘tgan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar mavzu yuzasidan hamda o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga batafsil javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 15/04/2022 13:19; Просмотров: 407
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 04:32