"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Samarqad viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi hamda yangi 2021-2022 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda kunduzgi va kechki ta'limining 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Mustaqillik darslarida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘lilik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasidagi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvidagi nutqini o‘rganish o‘yicha videorolik namoyish etilib, mutaxassislar tomonidan ma'ruza qilindi.
Дата добавления: 06/09/2021 11:05; Просмотров: 560
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 12:57