Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Viloyat sudida “Nazariya va amaliyot uyg‘unligi -muvaffaqiyat omili”

         Shu maqsadda joriy yilning 26-aprel kuni viloyat sudida “Jinoyat ishlarining yuqori instansiya tomonidan ko‘rilishi protsessual muddatlari va tartibi” mavzusida  “Ochiq eshiklar”  kuni o‘tkazildi.

         Unda  Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. O‘quvchilarni  viloyat sudi sudyalari Otabek Nabiyev, Hulkar Keldiyarova, Ilhom Qorabayev va sud xodimlari kutib oldilar.

         Dastlab viloyat sudi sudyasi O. Nabiyev va H. Kediyarova o‘quvchilarga viloyat sudi faoliyati haqida umumiy tushuncha berdi.  Shundan so‘ng, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, viloyat sudi sudyalarining bevosita ish faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram  


Дата добавления: 30/04/2024 16:41;   Просмотров: 107
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/viloyat-sudida-nazariya-va-amaliyot-uygunligi-muvaffaqiyat-omili
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 22:04

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг