“Tanishtiruv soati” tashkil etildi
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2021/2022 o‘quv yili 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida “Tanishtiruv soati” tashkil etildi.
Yuridik texnikumning 1-kurs oʻquvchilari hamda yuridik texnikum rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum direktori Toshniyozov Otabek, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xayrullo Mamatov, direkrorning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Otaqulov, fakultet dekani Dilmurod Usmonov, yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Feruz Sodiqovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yuridik texnikum rahbariyati tomonidan texnikumning imkoniyatlari, shart-sharoitlari, ichki tartib qoidalar, kafedralar, dars jarayonlari, ta'lim sharoitlari haqida tushunchalar berildi.
Bizni kuzatib boring @smslofficial
Дата добавления: 24/11/2021 15:50; Просмотров: 469
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 11:18