Samarqand viloyati yuridik texnikumida «Ustozlarga ehtirom» bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir avvalida texnikum direktori O.Shirinov kirish so‘zida barchaga Adliya vaziri R.Davletovning "Tabrik xati"ni o‘qib eshittirib barcha pedagog va xodimlarni tabriklab o‘tdi.
Texnikumda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, chuqur bilim va professional ta'limga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari hamda ”O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir qator o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining hamda texnikum direktorining Faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 01/10/2022 11:48; Просмотров: 313
Чоп этилган ва?т: 30/01/2025 23:42