Samarqand viloyati yuridik texnikumida ilmiy seminar tashkil etildi.
Yuridik texnikumda o‘qitish sifatini oshirish, pedagog xodimlar hamda o‘quvchilarning yuridik ta'limga oid ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy seminar tashkil etildi.
“Mehnat shartnomasi va uni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy seminarda bir qator hamkor tashkilot xodimlari xususan, Advokatlar palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Xamdamov, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O.Eraliyev, Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar J.Baxromov, I.Odilxo‘jayevlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, seminarda texnikum “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi M.Xudoyberdiyeva mavzuga oid qonunchilik yangiliklari bilan o‘rtoqlashdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 31/01/2024 11:20; Просмотров: 128
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 22:05