Samarqand viloyati yuridik texnikumida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami nishonlandi.
Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R. Davletovning o‘qituvchilarga yo‘llagan tabrigi texnikum direktori O. Toshniyozov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Bayram munosabati bilan texnikum kafedra mudirlari Qo‘ldoshev Muhammad hamda G‘ulomov Akmallarga yuridik kadrlarni tayyorlash va yuridik fanni rivojlantirishda samarali mehnati uchun Adliya vazirligining faxriy yorliqlari taqdim etildi.
Shundan so‘ng, texnikum rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan faol ustozlarga tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar bilan davom ettirildi.
Дата добавления: 30/09/2021 13:00; Просмотров: 502
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 11:00