Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Samarqand viloyati prokuraturasida yuridik texnikum bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

  “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini viloyat prokurori o‘rinbosari Baxritdinov Muxiddin Nuriddinovich olib borib, o‘quvchilarni viloyat prokuraturasida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi. Jumladan, o‘quvchilarga prokuraturaning majlislar zali, kiriminalistika transport mashinasi va jihozlari, prokuratura muzeyi, sport zal, tergov xonalari, o‘ta og‘ir jinoyatlar bilan ishlash bo‘limi hamda fuqarolar qabul xonalari tanishtirildi. Tadbir so‘ngida prokuratura xodimlari hamda o‘quvchilar Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi hamda yuridik texnikum o‘quvchisi, “Adliya vaziri stipendiyasi” sohibi Ochilov Zarrux ota-onasiga minnatdorchilik bildirish maqsadida uning xonadoniga tashrif buyurildi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram


Дата добавления: 26/11/2021 09:23;   Просмотров: 560
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/samarqand-viloyati-prokuraturasida-yuridik-texnikum-bitiruvchilari-uchun-ochiq-eshiklar-kuni-tadbiri-tashkil-etildi
Чоп этилган ва?т: 23/02/2025 20:27

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг