Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sattarov Salohiddin Ulug‘bekovich yuridik akademik litsey va texnikum o‘quvchi-yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarga yuridik kasbning o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari hamda uning mas'uliyati haqida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquqlari va imtiyozlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan iqtidorli o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 25/09/2024 17:43; Просмотров: 61
Чоп этилган ва?т: 28/01/2025 00:35