
"PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" TAVSILOTLARI HAQIDA
2021 yil 3 mart kuni Samarqand viloyati adliya boshqarmasida viloyat prokuraturasi, viloyat adliya boshqarmasi, advokatlar palatasi xodimlari hamda Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida "Prokuror va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuvni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i-yuridik texnikum direktori S.Nuriyev olib bordi. Tadbirda viloyat prokurori o‘rinbosari S.Mustafaqulov, viloyat advokatlar palatasi boshqarmasi boshlig‘i T.Qodirov hamda boshqa hamkor tashkilot vakillari (Bandlik boshqarmasi, Markazy bank, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi va boshqa) ishtirok etdi.zUchrashuvda o‘quvchilarga prokuratura va advokatura sohasidagi islohotlar, yangiliklar hamda yoshlar muammolarini yechimlari bilan bog‘liq faoliyatlari tanishtirildi. Shuningdek, tadbirda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflariga atroflicha javoblar olishdi.
Jumladan, o‘quvchilar tomonidan advokatlar palatasi xodimlari tomonidan texnikumda "Yosh advokatlar" to‘garagini tashkil etish, Bosh prokuratura gazetasi bo‘lmish "Huquq" gazetasiga bepul obunani tashkil etish, o‘quvchilarga ta'lim kreditlarini ajratish, amaliyotlarni tashkil etish hamda o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalaridagi murojaatlari batafsil ko‘rib chiqildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida tadbirda faol ishtirok etgan 10 nafar o‘quvchilarga kitoblar jamlanmalari estalik sovg‘a sifatida topshirildi hamda kelgusida bunday uchrashuvlarni doimiy o‘tkazib borilishi belgilandi.
Дата добавления: 03/03/2021 15:53; Просмотров: 711
Чоп этилган ва?т: 23/02/2025 01:41