Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Samarqand viloyati yuridik kollejida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Adolat va qonun – xalq farovonligi ko‘zgusidir” shiori ostida "Adolat posbonlari", "Qalqon" hamda "Yosh mediklar" jamolari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni adliya boshqarmasi boshlig‘i - yuridik kolleji direktori S.Nuriyev kirish so‘zi bilan ochib berib, kollejning barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarini bayram bilan tabrikladi.  Tanlovda "Qalqon" jamoasi 1-o‘rinni, "Yosh mediklar" jamoasi 2-o‘rinni, "Adolat posbonlari" jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari ham tantanali ravishda o‘qib eshittirildi.


Дата добавления: 03/12/2019 16:07;   Просмотров: 1012
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/ozbekiston-respublikasi-konstitutsiyasining-27-yilligi-munosabati-bilan-tadbir-otkazildi
Чоп этилган ва?т: 30/04/2025 10:45

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг