MENING BIRINCHI OVOZIM !
Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi ergashev Yo‘ldosh hamda o‘quv-metodik bo‘limi tomonidan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Mening birinchi ovozim” mavzusida yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Texnikumning ilk marotaba ovoz berayotgan yoshlariga O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Ayollarning siyosiy faolligini, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Chuliyeva Marxabo To‘rayevna va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Abduraxmonov Soxib Abdusamovichlar partiyaning saylov oldi targ‘iboti hamda saylov qonunchiligi bo‘yicha tushintirish ishlarini olib bordi.
Tadbir doirasida savol-javoblar va Ozoda Nursaidova tomonidan ijro etilgan “Inson qadri uchun” qo‘shig‘iga ishlangan klip namoyish etildi.
Shunigdek, tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.
Дата добавления: 11/10/2021 09:07; Просмотров: 578
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 09:39