“Maxorat darsi” onlayn (ZOOM) tartibida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, texnikum o‘qituvchilariga zamonaviy ta'lim berish metodlari va yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va uslubchilari tomonidan joriy yilning 2 dekabr kuni soat 12 00 da texnikum binosida “Fuqarolik protsessual xuquqi” fanidan “Fuqarolik sudida sud muxokamasi” mavzusida “Maxorat darsi” onlayn (ZOOM) tartibida o‘tkazildi.
Ishtirok etuvchilar:
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shaxar sudi sudyasi M.Ismailova, SamDU o‘qituvchilari dotsent A.G‘ulomov, M.Qo‘ldoshev, X.Mamatov va texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari.
“Maxorat darsi”ni o‘tkazishdan maqsad amalga oshiriladigan faoliyat yuzasidan qonun hujjatlari, tajriba va ijodiy amaliyot bo‘yicha tajriba hamda axborot almashish, yoshlar va professional ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va vazifalarni amaliy hayotda ijrosini ta'minlashga o‘zaro ko‘maklashish, o‘quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo‘yicha boy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb qilishdan iborat.
Seminar – treningda texnikum o‘qituvchilariga ta'lim berish istiqbollari va muammolari bo‘yicha keng ma'lumot berildi.
Ta'limda zamonaviy yondashuvlar, dars o‘tishning kredit-modul tizimiga o‘tilishi va uning qulay tomonlari xaqida tushunchalar berildi.
Samarqand viloyat yuridik texnikumi
O‘quv-metodik bo‘limi U.Maxmudov.
Дата добавления: 03/12/2020 09:35; Просмотров: 725
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 18:58